Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
22 iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbiy yo‘nalishdan sharqiy yo‘nalishga o‘zgarib 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 31-36 С issiq bo‘ladi.

Samarqand Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi  

 2017 yilning 9 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh xodimlari tomonidan Samarqand Axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida qutqaruvchi kasbi bo‘yicha “qutqaruvchi-haydovchi”, “dezinfeksiya istruktori”, “dozimetrist” va “gazdan qutqaruvchi” kabi mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Husenov, Samarqand viloyat FVB boshlig‘i U.Xaydarov hamda Samarqand Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori A.Nizamovlar nutq so‘zlab, Prezidentimiz rahnamoligida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganligini, FVV va FVDT tuzilmalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashni jahon talablariga javob beruvchi darajaga ko‘tarish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbirning ikkinchi bosqichi amaliy tarzda o‘tkazilib, unda FVB Qutqaruv otryadining maxsus texnikalari va asbob-anjomlari, shu bilan birga o‘quv markazi uslubiy qo‘llanmalarining ko‘rgazmasi  tashkil etildi.

Aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyundagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3030–sonli Qaroriga muvofiq, aholi va hudularni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash bo‘yicha O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘sib kelayotgan avlodni kasbga yo‘naltirish, ularni favqulodda vaziyatlarda harakat qilish hamda fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni bajarish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida respublikamizdagi bir qator kasb-hunar kollejlari bilan birga Samarqand axborot texnologiyalari kollejida ham “qutqaruvchi” kasbi bo‘yicha “qutqaruvchi-haydovchi”, “g‘avvos-qutqaruvchi”, “dizenfeksiya instruktori”, “dozimetrist” va “gazdan qutqaruvchi” kabi mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida, kollej o`quvchilariga Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga oid hujjatli film namoyish etildi.

 

Matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar

O‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 9 iyun kuni soat 21:00 larda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 1050 tezkor raqamiga, Buxoro shaharida yashovchi fuqaro M. D. tomonidan…

BRIFING O‘TKAZILDI

2018 yil 31-may kuni Ozbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2018 yilda sel-toshqin va kochki hodisalari bilan bogliq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlar…

Fransiya tajribasi o‘rganildi

2018 yilning 29-30 may kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida Fransiyaning Ichki ishlar vazirligi Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish Bosh direks…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech