Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Samarqand shahar Bag‘dod ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasi hududida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 4 oktyabr kuni soat 14:36 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Samarqand shahar Bag‘dod ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasi oshxonasining tom qismida yong‘in ro‘y berayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:40 da yetib borgan va yong‘in soat 15:06 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida oshxonaning 30 kv.m maydonda tom qismi yong‘indan zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, tarbiyalanuvchilar binodan o‘z vaqtida evakuatsiya qilgan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech