FVV ogohlantiradi:
28 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-23*S iliq bo'ladi.

Samarqand shahar hududida yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan holat to‘g‘risida

Joriy yilning 29 mart kuni soat 04:00 da boshlangan surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida, Samarqand shahrining “Buyuk Ipak yo‘li”, “Afrosiyob”, “M.Qoshg‘ariy”, “Mir Said Baraka”, “Obi Rahmat”, “Muqimiy”, “O‘zbekiston”, “A.Temur”, “Konimex”, “Mulyon-Sochaki bolo” chorrahasidagi ko‘chalariga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatildi.

 Bundan tashqari, “Zarafshon” MFYdagi 8-uy, “Jomiy” ko‘chasidagi 48-uy,  “M.Qoshg‘ariy” ko‘chasidagi 16-uy, 18B-uy, 20-uy, “Mir Said Baraka” ko‘chasidagi 73-uy, “Obi Rahmat” ko‘chasidagi 4-uy, “Muqimiy” ko‘chasidagi 31-uy, “Konimex” ko‘chasidagi 39-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etildi.

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Samarqand shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat”Suvoqava”DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech