Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Samarqand shahrida favqulodda vaziyatning oldi olindi

Joriy yilning 23 mart kuni Samarqand viloyati FVB qutqaruv xizmati “1050” telefon raqamiga Samarqand shahrida yashovchi T.X, eshigi qulflanib qolganligi uchun uni ochishda yordam so‘rab qo‘ng‘iroq qiladi.  Shuningdek, fuqaro T.X, uy ichida 18 yoshli o‘g‘li borligi va u javob bermayotganligini, yoniq holda qolgan gaz plitasiga choy qo‘yilganligini bildiradi.

FVB xodimlari temir eshikni ochishganda xonadon ichidan o‘smir  chuqur uyqu holatida edi. Gaz plitasidan chiqqan gaz isining butun xonadon bo‘ylab tarqalganligi vaziyatida qutqaruvchilardan ehtiyotkorlikni talab etdi. Qutqaruvchi alpinistlar, tabiiy gaz to‘planayotgan xonadon ichidan o‘smirni o‘z vaqtida olib chiqishga ulgurishdi. Hozirda yigitning ahvoli qoniqarli.

Hurmatli fuqarolar! Gaz vositalaridan fodalanganda xavfsilik qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech