FVV ogohlantiradi:
7 mart kuni ob-havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg'irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m / s tezlikda esadi (25-43 km / soat). Kechasi 0-5*C iliq', kunduzi 8-13*C daraja issiq bo'ladi.

Samarqand tumanidagi “Radjabamin” mahallasida qurib bitkazilmagan uyda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot 

Internet resurslaridagi manbalarning birida “Samarqand viloyati Samarqand tumanida qurilishi tugallanmagan xonadonlarning birida kuchli yong‘in kelib chiqdi. Ma'lum bo‘lishicha, u yerda gaz to‘ldirilgan 20 ta maishiy gaz balloni portlagan. Hodisada hech kim jabrlanmagan”ligi  to‘g‘risida xabar tarqaldi. 

Voqea tafsilotiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2021 yil 18 yanvar kuni kech soat 20:08 da viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga Samarqand tumani “Radjabamin” mahallasida hali qurib bitkazilmagan uyida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 20:23.da yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan sa'y-harakatlari natijasida yong‘in soat 22:16da to‘liq bartaraf etilgan.  Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 50 kv.m maydoni hamda “Damas” rusumidagi yengil avtomashinasi zararlangan. 

Shuningdek, yong‘inni o‘chirish jarayonida qutqaruvchilar tomonidan mazkur xonadonning yerto‘lasida mavjud yong‘indan zarar ko‘rgan, taxminan 20 dona maishiy gaz balloni ehtiyotkorlik bilan olib chiqilib, xavfsizligi ta'minlangan.

Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolarimizdan yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini so‘rab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech