Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
17 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilk kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 12-17 C iliq bo'ladi.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan aholiga amaliy yordamlar ko‘rsatildi

Samarqand viloyatida 31 oktyabr kuni kuzatilgan yomg‘ir suvlari Samarqand shahridagi “O‘zbekiston”, “Spitamenshoh”, “Narpay”, “Firdavsiy”, “Mirzo Ulug‘bek” va “M.Qoshg‘ariy” kabi ko‘plab ko‘chalardagi ariqlarga sig‘masdan avtomobil yo‘llariga chiqib ketishi qayd etildi. Shuningdek, ko‘p miqdorda yog‘gan yomg‘ir suvlari shaharning “So‘zangaron”, “Istiqbol”, “Zarafshon”, “Shahrobod” va “Fidokorlar” mahallalaridagi ko‘chalar va aholi xonadonlariga oqib kirish kabi o‘nlab noxush holatlar qayd etilib, fuqarolarga bir qator muammoli vaziyatlarni keltirib chiqardi.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda murojaat qilgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldi olishga muvaffaq bo‘ldi.

Jumladan, kuchli yomg‘ir natijasida Samarqand shahridagi “O‘zbekiston” ko‘chasidagi ariqlar suvga to‘lganligi bois 34-umumta’lim maktabi hovlisiga kirgan. Ushbu vaziyatda qutqaruvchilar tomonidan quvurlarga tiqilgan chiqindilar tozalanib, suv yo‘li ochib yuborildi va xavfning oldi olindi.

Shuningdek, “M.Qoshg‘ariy” ko‘chasida harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli, “Rudakiy” ko‘chasida esa “Damas” avtomashinasi yo‘lni ko‘rmasligi natijasida ariqqa tushib ketishi kuzatilgan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadining maxsus mashinasi yordamida ushbu texnika vositalari ariqdan chiqarildi.

Bundan tashqari, shaharning “Birlik” ko‘chasidagi 1-tor ko‘cha 5-uyda fuqaro M.Nigoraning yashash xonadonining yerto‘lasini suv bosgan. Maxsus vosita yordamida oqova suvlari yerto‘ladan chiqarib tashlandi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarning oldi olinishiga erishilgan bo‘lsa, “Fidoiylar” mahallasi 52-uyda yashovchi fuqaro Begimqulova Fotimaning uyiga oqova suvlari kirgan vaziyatda qutqaruvchilar tomonidan jami 6 nafar yosh farzandlarini uy ichidan xavfsiz joyga olib chiqilib, bolajonlarning xavfsizligi ta’minlandi.

O'xshash yangiliklar

HARBIYLARGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayramni kotarinkilik bilan nishonlash ananaga aylangan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida otkazilgan bayram tadbiri ham kotarinki ruhda bolib otdi. Sababi ko…

Qamchiq dovoni bo`yicha ma`lumot

Bugun 9 yanvar kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 8 yanvar kuni Qamchiq dovonida qor yogishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi togrisida asossiz malumotlar tarqaldi. Ushbu malumot…

FUQARONING HAYOTI SAQLAB QOLINDI

Joriy yilning 3 dekabr kunida Buxoro viloyati FVB tezkor navbatchisi qismiga Buxoro shahridagi Al Somiy kochasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.SH. uy ichida 7 yoshlik qizi qulflanib qolganligini aytib …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech