Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida sel va toshqinga qarshi viloyat komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida "Sel va toshqinga qarshi viloyat shtabi" tashkil etildi va tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, viloyat hududidan oqib o‘tuvchi daryo, soylarning o‘zanlari va qirg‘oqlarida, gidrotexnika inshootlarida muhandislik-texnik va boshqa himoya tadbirlarini kuchaytirish va ushbu ishlariga maxsus texnika, kuch va vositalarni to‘la safarbar etish va favqulodda vaziyatlarda harakatlanish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish masalalari hususida ham so‘z borib, ma’sul rahbarlarining axborotlari tinglandi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech