Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida parranda fabrikasida sodir bo‘lgan chaqnash bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot

Bugun, 30-mart kuni soat 10-40 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanining “Melixo‘ja” MFYda joylashgan parranda fabrikasida, dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xavo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, 2 nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda “Hududgazta'minoti” mas’ul hodimlari chiqishgan.

Hozirda voqea sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech