FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida tuman bosqichi o‘tkazildi

O‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanga sadoqat va mardlik ruhida tarbiyalash, kelajakda ularni haqiqiy harbiy xizmatchi bo‘lib etishishi hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatni amalga oshirishi, bu boradagi nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash maqsadida, kuni кеча Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabi binosida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari a’zolari o‘rtasida musobaqaning tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, Yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

“Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublarini tuzish va faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida musobaqalar qur’a tashlash orqali boshlandi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko`ra;

1- oʻrinni 45- umumta’lim maktabining  “Xaloskorlar” jamoasi;

2-oʻrinni 8- umumta’lim maktabining “Burgutlar” jamoasi;

3-oʻrinni esa 12-umumta’lim maktabining “Lochin” jamoasi egalladi.

G`olib bo`lgan jamoalarga tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg`lari topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech