2019 yilning 3 noyabr kuni soat 23:00da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand shahar filiali tomonidan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga ikki nafar fuqaroning is gazidan zaharlangani to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
Mazkur holatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, Samarqand shahar “Yangi Xayriobod” MFY Boyovud ko‘chasi 115 uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar 1988 yil tug‘ilgan Q.F. va uning turmush o‘rtog‘i 1992 yilda tug‘ilgan V.D., yashash uyidagi hammomning suv isitish kalonkasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlangani aniqlangan. Buning oqibatida, Q.F. voqea joyida vafot etgan. Uning turmush o‘rtog‘i V.D. esa Respublika shoshlinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand shahar filialining Toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.