FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Samarqand viloyatida suv toshqini sodir bo‘ldi

Xabaringiz bor, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda surunkali yomg‘in yog‘ishi sababli Samarqand viloyatida suv toshqini yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar tarqalgan edi.
Joriy yilning 6 aprel kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqarolar tomonidan qator murojaatlar kelib tushgan. Ularda yomg‘ir suv o‘tkazish tizimlariga sig‘masdan ayrim ko‘chalar va aholi xonadonlarining hovlilariga suv kirganligi haqida ma'lum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan boshqarma hamda mahalliy hokimliklar, tegishli idora va tashkilotlar vakillari tomonidan o‘zaro hamkorlikda Samarqand shahridagi ko‘chalar, mahallalar hududlaridagi ariqlar va yerosti quvurlarida tozalash ishlari olib borildi.
Jumladan, Samarqand shahri “Kulolon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Chashma” kollektoriga oqava suvlari sig‘masdan, shaharning Registon va Dahbed ko‘chalari kesishmasida to‘plangan. Shuningdek, Siyobcha kanalida ham xuddi shunday vaziyat kuzatilib, oqibatda avtotransport vositalarining qatnovida qiyinchilik yuzaga kelgan.
Bundan tashqari, yomg‘ir suvlari shahar hududidagi qator mahallalar va ko‘chalardagi aholi xonadonlarining hovli va yerto‘la qismlariga ham kirganligi aniqlangan.
Ushbu holatlarni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 84 nafar xodim va 11 ta maxsus texnika, mahalliy hokimliklar, shuningdek, tegishli idora va tashkilotlardan 83 nafar xodim va 12 ta texnika jalb qilingan bo‘lib, 52 ta xonadonga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech