Samarqand shahrining turli joylarida elektron LED – monitorlarida aholini is gazidan zaharlanishini oldini olish borasidagi videoroliklar muntazam namoyish etilmoqda. Bu kabi yangicha yondashuv tashabbusi Samarqand viloyati FVB xodimlari tomonidan mamlakatimizda kuz-qish mavsumi boshlanishi bilanoq joriy etildi.
Mazkur videoroliklar mavsumda nosoz isitish vositalaridan foydalanmaslik, tabiiy gazdan, ko‘mir va boshqa turdagi yoqilg‘i maxsulotlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish borasidagi aholini bilim ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. Elektron axborot ekranlarida har 5 daqiqada (kun davomida 144 marotabadan) ogohlik roligini efirga uzatilishi shahar aholisi va mehmonlarining e’tiborini maksimal darajada qamrab olishni ta’minlaydi.