FVV ogohlantiradi:
23 iyul kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27*S iliq, kunduzi 37-42*S issiq bo'ladi.

Samarqandda bir-biriga tutash bo‘lgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 22 iyun kuni soat 00:52da Samarqand viloyati Samarqand shahar “Bog‘ibaland” MFY “Xo‘ja Isoqi Valiy” ko‘chasi 1-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.


Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomashinasi jalb etilgan. Hodisa oqibatida uyning 248 kv.m. maydonida tom va shift qismi hamda qo‘shni uyning 30 kv.m. maydonida tom qismi yongan.


Yong‘in soat 01:55da o‘rab olinib, soat 02:53da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan uylarning taxminan 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab koladi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech