FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

Samarqandda maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi

     Kuni kecha Samarqand viloyatida FVV viloyat boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli, Samarqand tiklash poezdi ma'muriy binosi hududida “Viloyat hududidan o‘tuvchi temir yo‘l izlarida harakatlanib kelayotgan poezd vagonida ammiyak moddasini tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda ob'ekt rahbariyati va FM tuzilmalarining tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
     O‘tkazilgan o‘quv mashqda aholi va hududlarni muhofaza qilish funksiyasiga ega bo‘lgan hamkor tashkilot va idoralar xodimlarining bunday vaziyatlarda harakat qilish ko‘nikmalari amalda mustahkamlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech