FVV ogohlantiradi:
7 mart kuni ob-havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg'irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m / s tezlikda esadi (25-43 km / soat). Kechasi 0-5*C iliq', kunduzi 8-13*C daraja issiq bo'ladi.

Samarqandda profilaktik tadbirlar

Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, hududlarda o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xususan, FVV Samarqand viloyati boshqarmasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Polvontepa” mahallasida “Tumanimizni baxtsiz hodisalardan xoli hududga aylantiraylik!” mavzusida ko‘rgazmali-amaliy profilaktik tadbirlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida  aniqlangan kamchiliklar mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf etilmoqda. 

O‘rganish va targ‘ibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech