Yog‘ingarchilik mavsumida respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel, suv toshqini hodisalarining yuzaga kelish xavfi yuqori bo‘ladi. Tabiiy ofat xavfi va uning oqibatlarini bartaraf etish, bu haqda aholini o‘z vaqtida ogohlantirish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatining Samarqand va Oqdaryo tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi “Qoradaryo” daryosida manzilli dastur asosida viloyat FVB hamda mahalliy hokimlik va boshqa tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda qirg‘oq mustaxkamlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek 1,5 km masofada daryoning muhofaza mintaqasi turli chiqindilardan tozalandi. Daryoga yaqin joylashgan aholi xonadonlarida jami 348 nafar fuqarolar bilan muhofaza mintaqasida noqonuniy qurilmalar qurilishini oldini olish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib, daryo ustidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvurining jami 6 ta tayanch ustuni himoyalanishiga erishildi.
Ushbu tadbirlar hozirda respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda davom ettirilmoqda.