FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

Samarqandda yo‘l-transport hodisasida jabrlangan fuqaroga yordam ko‘rsatildi

2018 yilning 1 yanvar kuni soat 07:45 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Samarqand shahri Gagarin ko‘chasida “Nexia” va “Lacetti” avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida, “Lacetti” avtomobilida yong‘in sodir bo‘ladi, “Nexia” avtomobili salonida esa haydovchi qisilib qolib, yordamga muhtoj edi.  

Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv vositalari yordamida zudlik bilan “Nexia” avtomobili salonida qisilib qolgan fuqaroni avtotransport saloni ichidan chiqarib olib, xavfsiz joyga o‘tkazishdi va tibbiyot xodimlariga topshirishdi.

Olib borilgan tezkor harakatlar oqibatida yana bir fuqaroning hayoti saqlab qolindi.

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech