FVV ogohlantiradi:
3 dekabr ob-havo o'zgaruvchan, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarida mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Respublikamizning boshqa hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2*S sovuq - 3*S iliq, kunduzi 5–10*S iliq bo'ladi.

SAMARQANDNING NUROBOD TUMANIDA QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI.

O‘quv mashg‘uloti "Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi kuchlarini jalb qilgan holda zilzilaning ikkilamchi oqibatlarini bartaraf etish" mavzusida tashkil etildi. Mashg‘ulot rejasiga ko‘ra, shartli zilziladan so‘ng ishlab chiqarish binolaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi.


Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari darhol yong‘inni bartaraf etishga kirishdilar. Shu bilan birga, korxona ishchi-xizmatchilari evakuasiya qilinib, shifokorlar dala sharoitidagi kasalxonada jarohat olganlarga yordam ko‘rsatdilar. Asosiy tadbirlar yakuniga yetgach, maxsus xizmatlar muhandislik kommunikasiyalarini ta'mirlashni boshladi.


Albatta, bunday mashqlar kutilmagan vaziyatlarda ham aholida, ham ixtisoslashgan xizmatlar xodimlarida kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkon beradi.


O‘quv mashqida amaliy harakatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech