FVV ogohlantiradi:
31-oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda еsadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 17-22*S iliq bo'ladi.

Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha birlamchi ma'lumot

2020 yil 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.
Mazkur vaziyat bo‘yicha zudlik bilan Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo‘rg‘ontepa aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtincha evakuasiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, suv bosishi havfi mavjud bo‘lgan aholi punktlarini xavfsiz hududlarga evakuasiya qilish ishlari olib borilmoqda. Holat, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar berib boriladi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech