FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan edi.
Mazkur vaziyat oqibatlarini bartаraf etish, evakuasiya tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yetib borgan.
Qo‘shimcha ma'lumot sifatida shuni qayd etish joizki, Do‘stlik, Paxtakor, Zarbdor va Mirzacho‘l tumanlarida tashkil etilgan maxsus shtablar tomonidan maktab, kollej, xususiy korxonalar va aholi xonadonlariga fuqarolarni joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat” va “Bahoriston” MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan. Aholi ushbu tumandagi kasb-hunar kolleji, Safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘yicha harbiy qism va kasalxonaga evakuasiya qilindi. Evakuasiya tadbirlari Jizzax shahriga ham tashkillashtirildi. Xususan, Oqoltin tumanidagi “Ahillik”, “Shodlik”, “Saxovat”, “Navoiy”, “Do‘stlik”, “Ko‘rkamdiyor”, “Toshkent”, “Yangihayot”, “Obod” va “Mustahkam” MFYlarining aholisi Jizzax viloyati Gagarin shaharchasiga vaqtinchalik ko‘chirildi.
Bundan tashqari, Sardoba shaharchasidagi aholini ham Jizzax viloyati Gagarin aholi yashash punktiga evakuasiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Mirzaobod tumanidagi “Beruniy”, “Paxtaobod”, “Baliqchi”, “Haqiqat”, “Bahoriston”, “Yangiovul” va “Do‘ngariq” MFYlari aholisi suv toshish xavfi bo‘lgani uchun Yangier shahriga evakuasiya qilinmoqda.
Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.
Hozirda dambadan suv chiqishi kamaygan.
Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech