Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Sardoba”: toshqin oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari jadallashtirilmoqda

Sirdaryo viloyatining suv bosgan hududlarida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar jadallashtirilmoqda. Xususan, ushbu hududdagi qabristonlar, kanalizasiya tizimlari, suv tozalash inshootlari chuqur o‘rganilmoqda. Shu bilan bir qatorda mazkur ob'ektlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
E'tiborlisi shundaki, sanitariya-epidemiologiya hamda farovonlikni ta'minlash maqsadida, allaqachon qurigan turar joylarda dezinfesiya ishlari boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda Oqoltin tumanidagi “Ahillik” qishlog‘i, o‘sha viloyatning “Qo‘rg‘ontepa” va “Sardoba” qishloqlari va Mirzaobod tumanidagi “Baliqchilik qishlog‘i” qayta ishlanishini ta'kidlash joiz.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida zararlangan hududlarda to‘plangan 70 ta uy hayvonlarining sanitariya qoidalariga muvofiq ko‘milganini qayd etish zarur. Shu qatorda, .yong‘in o‘chirish mashinalari va motopopmalar bilan toshqin suvlarini tortib olish ishlari davom etmoqda.
Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirliklari va Milliy gvardiya xodimlari hududlarni to‘plangan qoldiqlardan tozalash tadbirlarini olib bormoqdalar. Bundan tashqari, mutasaddi xizmatlar tomonidan evakusiya qilingan joylarda aholi o‘rtasida yong‘inlar va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar tashkillashtirilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, toshqindan keyingi dastlabki soatlarda, 1 maydan boshlab, Favqulodda vaziyatlar vazirligida “1205” tezkor aloqa raqamining faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Ayni vaqtgacha ishonch telefoniga 5 609 qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Shulardan 4861 nafar fuqaro favqulodda vaziyat oqibatlari bo‘yicha ma'lumotlar so‘rab, murojaat etgan. Shuningdek, ularning 287 nafari oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar masalasida yordam so‘ragan. E'tiborlisi, murojaatchilardan 199 nafari ko‘ngilli qutqaruvchi sifatida favqulodda vaziyat o‘chog‘iga borish istagini ma'lum qilgan.
Yana bir bor eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti har kuni Sirdaryo viloyatining zarar ko‘rgan hududlariga tashrif buyurib kelmoqda va suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishni shaxsan nazoratga olgan holda, hukumat komissiyasi a'zolariga barcha muammolarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha yangi vazifalarni yuklamoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech