FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Sariosiyoda sil kasalliklari shifoxonasiga toshib kirgan suv motopompalar yordamida chiqarib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi kasalxonalarning biriga suv toshib kirganligi to‘g‘risidagi xabar tarqalgan.  Mazkur holat vazirlik tomonidan o‘rganilganda tumandagi “Afrosiyob” MFY hududida joylashgan sil kasalliklar dispanseri yonidan oqib o‘tuvchi ariqda o‘z sig‘imidan ortiq darajada suv kelganligi bois, toshib chiqqan suv atrofdagi shifoxonaning xovlisiga kirganligi aniqlandi.

Ushbu hodisa yuzadan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari voqea joyiga yetib kelib, motopompalar yordamida suvni tortib chiqarishgan.  Kelgusida bu kabi holat takrorlanmasligi uchun mutasaddilar tomonidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech