Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Savdo bozorlarida profilaktik tadbirlar olib borilib, xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda

Kunlarning isib ketishi insonlarning sovutish uskunalariga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Ayniqsa savdo bozorlarida bir vaqtning o‘zida bir nechta uskunalarni bir joyga ulash orqali elektr yuklamalarning ortishi holatlari ko‘p uchraydi va yong‘inlarga sabab bo‘lishi, katta moddiy yo‘qotishlar eng achinarlisi, insonlar o‘limiga ham sababchi bo‘lishi mumkin. Bundy xollarda xavfsizlik choralariga qanday amal qilish kerak?

Ana shu maqsadda Sirdaryo viloyati FVB rahbariyati boshchiligida daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda Guliston shahrida joylashgan savdo bozorlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar bilan boliq hodisalarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida do‘konlar va savdo rastalarining yong‘inga qarshi holati, ayniqsa, elektr simlarining talab darajasida ulanganligi nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha do‘kon egalari va sotuvchilarga tushuntirishlar berilib, yong‘in xavfini keltirib chiqarishi muqarrar bo‘lgan holatlar do‘kon egalari bilan birgalikda bartaraf etilmoqda.

Olib borilayotgan bu kabi nazorat-profilaktika tadbirlari o‘zining ijobiy samarasini berishi shubhasizdir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech