FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

Sel oqibatlari bartaraf etildi

Yomg'irlarning to`xtovsiz yog`ishi oqibatida O'zbekistonning janubiy qismida sel oqimining vujudga kelishi kuzatilgan. Natijada, insonlarning qurbon bo`lishi va bedarak yo`qolishi kabi achinarli holatlar yuzaga kelgan. Bundan tashqari, uy-joy va qabriston hududlarini ham suv bosgan.

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan joriy yilning 12-17 may kunlarida respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi to`grisidagi  ma’lumotlar tarqatilgan edi. Shunday bo`lsada, kuchli sel baxtsiz hodisalarning  kelib chiqishiga sabab bo`ldi.

Jumladan;

13 may kuni poytaxtimiz Toshkentda uzluksiz yomg`ir yog`ishi oqibatida ko`p qavatli uylarning yerto`lalari, avtoyo`llarda suv toshqini sodir bo`lgan;

bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida ham kuchli yomg`ir oqibatida 4 ta xo`jalikda suv toshqini holati kuzatilgan;

shuningdek, 14 may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida sel oqimi natijasida 62 xo`jalikka zarar yetgan;

16 may kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ham yuz bergan favqulodda vaziyat oqibatida 5 nafar inson halok bo`lgan.

Sodir bo`lgan barcha hodisalar yuzasidan insonlarning hayotini saqlab qolish, ko`chalar, ariqlardagi sel oqimidan qolgan qoldiqlarni tozalash ishlari, shuningdek,  ko`p qavatli turar joylarning yerto`lalaridan qoldiq suvlarni maxsus texnikalar yordamida chiqarib olish ishlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari, viloyat va shahar hokimliklarning kuch va vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Qolaversa, yaroqsiz bo`lib qolgan aholi turar joylari, vaqtinchalik boshqa uylarga ko`chirilib o`tkazildi. Aholi o`rtasida yuqumli kasalliklarni tarqalishidan oldini olish uchun dezinfeksiya tadbirlari o`tkazildi.

Sel oqibatlarini bartaraf etishda jami 642 nafar inson hamda 200 ta texnika jalb qilingan.  

 

Fuqarolar diqqatiga!

  1. Sel xavfi bo‘lgan   hududlarda  yashovchi   har   bir   kishi  uning uyi, xo‘jaligini sel kelish hududida joylashganligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak va Uzgidromet, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, hokimiyatlar vakillari  tomonidan berilgan ko‘rsatmalardagi sel va suv toshqinidan himoya qilish yo‘l-yo‘riqlariga albatta amal qilishi lozim. 
  1. Sel oqimining o‘tishi va uning oqibatlari katta moddiy zarar keltirib, odamlar hayot va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin (sel oqibatida odamlarning qurbon bo‘lganligi bir necha marta qayd qilingan).
  2. Sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to‘g‘risida habar eshitgandan so‘ng darxol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini  (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim.  
  3. Sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.
  4. Sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta’minotining sozligini tekshirish zarur.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech