FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Sel oqimidan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Navoiy viloyati hokimiyati tomonidan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 18 may kuni ko‘p miqdorda yog‘ingarchalik yog‘ishi oqibatida tabiiy ofatdan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami jo‘natildi.

insonparvarlik yordamining umumiy hajmi qariyb 90 tonnani tashkil etadi. Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, issiq ko‘rpa-to‘shak, yostiq va birinchi ehtiyoj uchun zarur boshqa tovarlar mavjud.

Insonparvarlik yordamini shakllantirish va etkazish Navoiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga  yuklatildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech