Navoiy viloyati hokimiyati tomonidan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 18 may kuni ko‘p miqdorda yog‘ingarchalik yog‘ishi oqibatida tabiiy ofatdan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami jo‘natildi.
insonparvarlik yordamining umumiy hajmi qariyb 90 tonnani tashkil etadi. Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, issiq ko‘rpa-to‘shak, yostiq va birinchi ehtiyoj uchun zarur boshqa tovarlar mavjud.
Insonparvarlik yordamini shakllantirish va etkazish Navoiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yuklatildi.