Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Senatda vazirlik va idoralar rahbarlarining axboroti eshitildi

Bugun, 26-may kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlarining axboroti eshitildi.

Tadbirda senatorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qo‘mita huzuridagi ekspertlar guruhi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Transport va Axborot texnalogiyalari kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar rahbar xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, muhokama yakunlari bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech