Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Sergeli kichik sanoat ishlab chiqarish zonasi boshqarish direksiyasi” korxonasida yong`in sodir bo`ldi

2020 yilning 10 yanvar kuni soat 00:28 da Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan “Sergeli kichik sanoat ishlab chiqarish zonasi boshqarish direksiyasi” korxonasi hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Mazkur ma’lumot yuzasidan birinchi yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 00:33da yetib borgan vaqtida “Techno Sirius” MChJga qarashli binoning 4-qavati va tom qismi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Yong‘in o‘chirish rahbari tomonidan yong‘in maydoni va xavfi baholanib, yong‘in joyiga qo‘shimcha ravishda yordam kuchlari so‘ragan va avtomatik ravishda 2-chaqiriq e’lon qilgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 02 dan 20 daqiqa o‘tganda qurshab olinib, soat 03 dan 40 daqiqa o‘tganda to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hodisani bartaraf etishga jami 11 ta asosiy va 8 ta maxsus yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Yong‘in oqibatida “Techno Sirius” MChJga qarashli binoning 4-qavatida joylashgan maishiy texnika (elektr isitish uskunalari) ishlab chiqarish sexi va binoning tom qismi 900 kv.m. maydonda yonib zararlangan. E’tiborlisi, yong‘indan binoning 1000 kv.m. maydoni saqlanib qolingan.

Qayd etish joiz, yong‘inni tez va katta maydonga tarqalishiga sabab, sexda ko‘p miqdorda plastmassa mahsulotlari va yonuvchan yelimlar saqlanishi hamda yong‘in-qutqaruv xizmatiga yong‘in haqida kech xabar berilganligi sabab bo‘lgan.

Mutaxassislar tomonidan holat o‘rganilganda, uning kelib chiqish sababi suv isitish moslamasini nazoratsiz qoldirilishi va uning o‘ta qizib ketishi natijasidan deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech