Joriy yilning 18 iyun kunidan 28 iyun kuniga qadar, “Obod mahalla” dasturi doirasida, Sergeli tumani “Daryo bo‘yi” MFY hududida, Navoiy viloyati hokimining xomiyligi bilan, Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan “Navoiy” nomidagi bolalar maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu qurilish ishlariga Navoiy viloyati FVBdan 25 nafar xodim va 4 ta texnika jalb qilindi.
Joriy yilning 28 iyun kuni Sergeli tuman xokimligi, Navoiy viloyati Halq qabulxonasi rahbari, Navoiy viloyati FVB xodimlari va “Daryo bo‘yi” MFY aholisi ishtirokida “Navoiy” nomili bolalar maydonchasining tantanali ochilish marosimi tashkilashtirildi.
SHuningdek Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Gornyak” bolalar dam olish oromgohiga 10 nafar kam ta’minlangan oilalar farzandlariga bepul yo‘llanmalar berildi.