FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Sergeli tumanida Qo‘mondonlik-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 23-24 oktabr kunlari Toshkent shahar Sergeli tumanida, favqulodda vaziyatlarda davlat tizimining hududiy quyi tizimi kuch va vositalarini tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida «Sergeli tumani boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi tizimlarini aholi va hududlarni zilzila oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari» mavzusida vujudga keladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda FVDTning hududiy quyi tizimi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlarni tashkil etish yuzasidan rejaga asosan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi (QShO‘M) o‘tkazilmoqda.

O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, 2019 yilning 23 oktabr kuni soat 05:20 da Sergeli tumanida zilzila kuchi 7 ballni tashkil etganligi ma’lum bo‘ladi.

Zilzila natijasida “Qipchoq” mahalalari hududidagi aholi yashash uylaridan 8 tasi o‘rta va 16 tasi kuchsiz darajada vayronalar bo‘lgan.

O‘quv mashqining asosiy maqsadi, Sergeli tumani zilzila va uning ikkilamchi omillari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha shahar va viloyat boshqaruv organlari kuch va vositalarining harakatlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi.

QShO‘Mga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sergeli tuman  hokimliklari, kommunal soha, jamoat tartibini saqlash, tez tibbiy yordam, avtotransport xizmatlari hamda hududlardagi mahalla aholisining bir qismi jalb etildi.

O‘quv mashqiga jalb etilgan kuch va vositalarni boshqarish maqsadida Sergeli tumanidagi Politexnika kasb-hunar kolleji hududida yordamchi boshqaruv punkti tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qo‘mondonlik shtab-o‘quv mashqlari 25 oktabr kuniga qadar davom etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech