Avval xabar berganimizdek, bugun, 4-iyun kuni Toshkent shahr Sergeli tumani “Junariq” MFY Junariq ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi “Salar” kanalida suv oqimining me'yoridan oshiq oqishi sababli suvning o‘zandan toshish hodisasi kuzatilgan. Natijada dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra “Junariq” ko‘chasida joylashgan 7 ta uy yerto‘lasi, xovlisi va 3 ta ishlab chiqarish sexi hududiga suv to‘plangan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV rahbariyati va Toshkent shahar FVB rahbari boshchiligida qutqaruvchilar yetib borgan. Aholi xonadonlariga suv toshish xolati to‘liq to‘xtagan. Maxsus texnikalar va suv tortish moslamasi (motopompa)lar yordamida qoldiq suvlarni tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, uylarning devorlariga zarar yetmagan.