Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Bugun, 28-iyun kuni Shahrisabz shahrida joylashgan Amir Temur xiyoboni, Amir Temur haykali poyida Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining ilk 101 nafar bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish tadbiri o‘tkazildi.

Tantanali tadbir harbiy orkestr “Qarshilov Marshi”ni ijro etdi va safga bayroqni olib kirish bilan boshlandi. Tashrif buyurgan mehmonlar maydonga harbiy orkestr sadolari kuzatuvida kirib kelib, Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yib, ehtirom bildiradilar.

Shundan so‘ng Shahrisabz shahar hokimi A.Sulaymonov so‘zga chiqib, biriruvchilrga o‘z ezgu niyatlarini bildirdi va kelgusidagi ishlariga zafarlar tiladi. Ushbu tadbirda FVV rahbariyati va uningt hududiy boshqarmasi rahbari, Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya va boshqa tashkilotlarning rahbar hamda mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir viloyat va Shahrisabz shahar Madaniyati bo‘limi hamda harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy qismga ulanib ketdi. Amir Temur nasihatlar, qo‘l jangi, Andijon polkasi, “Qoraqalpoqcha”, “Buxorocha”, “Oq lolalar” va “Lazgi” raqslari yig‘ilganlarning dillarini xushnud etdi.

O‘z o‘rnida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham bitiruvchilarga kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar tilab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech