Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Shahrisabz tumanida kapital ta’mirdan chiqqan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Qayd etish joiz, mazkur islohotlar avvalo soha vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, quyi tizimlarni moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan.

Jumladan, Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 20-kasbiylashtirilgan yong‘in-qutqaruv qismi rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirilgani fikrimizning amaldagi isboti bo`ldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Bundan tashqari, bo`limga Samarqand shahrida ishlab chiqarilgan zamonaviy ISUZI rusumli yong‘in o‘chirish avtomobili ham tantanali topshirildi.

Tadbirda so‘z olganlar sohada olib borilayotgan izchil islohotlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida ta’kidlab, ushbu binoni ta’mirlashda o‘z hissasini qo‘shgan qism shaxsiy tarkibi va quruvchilarga minnatdorlik sifatida Favqulodda vaziyatlar vazirining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg‘alari berildi.

                    

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech