FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Shahrisabzda o‘quv mashqi...

Bugun, 11 iyun' kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” Unitar korxonasi hududida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi rejasiga ko‘ra ishlab chiqarish korxonasida texnogen tusdagi favqulodda vaziyat sodir bo‘ldi. Unda qutqaruvchilar korxona ishchi-xizmatchilarini qisqa muddatlarda xavfsiz joylarga evakuasiya qilish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish harakatlarini amalda sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbir yakunida mutaxassislar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha ishtirokchilarga zarur tavsiyalar berdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech