Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Sharafli kasb: Xorazmda Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi mutaxassislari yoshlarga qutqaruvchi kasbining nozik jihatlari to‘g‘risida ma'lumot berishdi

Birinchi tibbiy yordam, yong‘inlarning oldini olish, tabiiy favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlar... Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligi ostida Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan seminar ushbu mavzuga bag‘ishlandi.

Tadbirning ikkinchi qismida tashkil qilingan ko‘rgazmali chiqishlarda yoshlarning o‘zlari bevosita ishtirok etdilar. Yigitlar g‘avvoslarning kostyumini kiyishdi, shuningdek, o‘zlarini yong‘in-qutqaruvchi rolida sinab ko‘rishdi. Uchrashuv yigitlarda katta taassurot qoldirdi va ularning aksariyati o‘z kelajagini Favqulodda vaziyatlar vazirligi safida xizmat qilishdek orzu bilan bog‘lashni ahd qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech