FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Shimoliy Makedoniyada qidiruv-qutqaruv ishlariga bag‘ishlangan NATO o‘quvlari o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda Shimoliy Makedoniyada avariya-qutqaruv asbob-anjomlari yordamida jabrlangan odamlarni qidirib topish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va evakuatsiya qilish ishlariga yo‘naltirilgan o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Shimoliy Makedoniya va boshqa 6 ta davlatdan kelgan jami 15 ta qutqaruv jamoasi vayron bo‘lgan binolarda qidiruv-qutqaruv, baland tog‘li hududlarda qutqaruv, suvda qidiruv-qutqaruv, transport halokatlarida avariya-qutqaruv, radiatsion-kimyoviy avariyalarni bartaraf etishga mo‘ljallangan jami 7 ta o‘quv nuqtasida amaliy o‘quvlar olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ushbu tadbirda kuzatuvchi sifatida qatnashmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech