Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Sho‘rtanneft va gaz qazib chiqarish” zavodida yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida rasmiy ma'lumot

Bugun, 1 iyul kuni soat 13:05 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Qorako‘l” MFY joylashgan “Sho‘rtanneft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasiga qarashli propan-butan aralashmasini olish sexida yong‘in sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Sho‘rtanneftgaz” MChJ, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining 10 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Ammo, ushbu hodisa oqibatida korxonada faoliyat yuritgan 1 nafar fuqaro vafot etgan. Shuningdek, sexning 2 nafar ishchi-xodimi yengil tan jarohati olib, ularga ambulator tibbiy yordami ko‘rsatilgan hamda uyiga javob berildi. 

Yong‘inning sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech