FVV ogohlantiradi:
27 noyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlari bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir va qor yog'ishi mumkin. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari bo'yicha kechqurun yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 5*S sovuq – 2*S iliq, kunduzi 5-10*S iliq bo'ladi.

Sigir quduqdan chiqarib olindi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tez harakat qilish maxsus otryadiga Chirchiq shahar Chaykovskiy ko’chasida yashovchi fuqaro M.D., qo’ng’iroq qilib, quduqqa tushib ketgan sigirni chiqarib olish uchun yordam so’radi.

Qutqaruvchilar guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib bordilar. Yuzaga kelgan holatni baholab, maxsus asbob-anjomlar bilan quduq yoniga qo’l yordamida ko’tarish moslamasini yasadilar. Amalga oshgirilgan sa’y harakatlar natijasida sigir chuqurdan chiqarib olindi va mahalliy veterinariga xizmatiga topshirildi.  

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech