FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Simob xavfi bartaraf etildi

Joriy yilning 15 oktabr kuni soat 09:05 larda Surxondaryo viloyati FVB tezkor navbatchilik guruhiga  Termiz shahar Yulduz mahallasi Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro G‘.Q. tomonidan murojaat kelib tushdi.

Unga ko’ra kelini o’z farzandining tana xaroratini o‘lchash chog’ida termometrdan foydalanish xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganligi sababli qurilmani sindirib qo’yadi. Natijada simob moddasi gilam ustiga to’kilib, xona ichiga yoyilib ketadi.

Kelib tushgan murojaat yuzasidan qutqaruv ortyadi komandiri A.Utebayev boshchiligidagi RKB(b)MB (Radiatsion kimyoviy biologik (bakteriologik) muhofaza bo’limi) guruhining qutqaruvchilari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borishdi. Qutqaruvchilar tomonidan inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan simob xamda termometr qoldiqlari yig‘ib olindi va xona simobdan zararsizlantirildi.

O‘z vaqtida ko‘rilgan zarur chora-tadbirlar natijasida yana bir ko‘ngilsiz voqeaning oldi olindi. Eslatib o‘tamiz, simob barcha tirik jonzotlar hayoti uchun xavflidir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech