FVV ogohlantiradi:
22 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan, Jizzah, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining ayrim joylarida mayda yomgir yogadi. Shamol garbdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 8-13*C iliq bo'ladi.

Simobdan ehtiyot bo‘ling

Joriy yilning 15 mart kuni Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazining “Tezkor qo‘ng‘iroq” raqamiga Toshkent shahar Sergeli tumani istiqomat qiluvchi Bayxarashova F. tomonidan, termometrdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganligi oqibatida qurilmadan simob to‘kilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushadi.

Kelib tushgan xabar yuzasidan navbatchi qutqaruvchilar   B.Raxmonov, P.Boyarskiy, Z.Begmatovlar belgilangan manzilga zudlik bilan etib kelishdi. Shundan so‘ng qutqaruvchilar inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan simobdan chiqayotgan zararli bug‘ni tezda bartaraf etishdi. Yuz bergan hodisada jabrlanganlar aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, simob barcha tirik jonzodlar hayoti uchun xavflidir.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech