FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan birlamchi ma'lumot

Bugun 7 oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir bo‘ldi.


Birlamchi ma'lumotlarga qaraganda hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib, bir nafar fuqaroga tan jarohati yetgan. Ta'kidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yo`q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech