Kecha 21 fevral kuni Sirdaryo viloyatida “Eng yaxshi yo‘riqchi-qutqaruvchi”, “Eng yaxshi qutqaruvchi”, “Eng yaxshi qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchisi” va “Eng yaxshi g‘avvos-qutqaruvchi” nominasiyalari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, quyi tizimlar hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yong‘inlarni o‘chirish yo‘nalishlarida xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlar ishtirok etdilar.
Musobaqada harbiy xizmatchilar va xizmatchilar amaliy shartiga ko‘ra toqqa ko‘tarilish va tushishi, suvda-qutqaruv anjomlarini me'yor bo‘yicha vaqtga kiyish va jangovar holat qabul qilish hamda ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish shartlari a'lo darajada bajarildi.
O‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar orasidan eng yaxshi natijalarni ko‘rsatganlar aniqlanib, ularga respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar berildi.