Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Sirdaryo viloyatida  “Paxta-2021” mavsumiga tayyorgarlik

Bugun respublikamiz bo‘ylab “Paxta-2021” mavsumiga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Shu boisdan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan mamlakatimizdagi barcha paxtani qabul qilish punktlari va uni qayta ishlash korxonalarida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyatining barcha tumanlarida joylashgan paxta qabul qilish punktlari, paxtani qayta ishlash korxonalari rahbarlari va ishchi-xizmatchilari hamda paxta terish kombayn operatorlariga yong‘inga qarshi yo‘riqnomalar berildi. Shuningdek, ularga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.  

Shu bilan birga, bu toifadagi maskanlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini tezkor va aniq bartaraf etish borasida yong‘in o‘chirish amaliy-taktik mashq hamda mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech