Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
22 avgust kuni ob-xavo o'zgaruvchan yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol shaqgan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 (54-72 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 30-35 C issiq bo'ladi.

Sirdaryo viloyatida seminar o`tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017 yil 24 oktyabr kuni tasdiqlangan “Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasidan chaqnash bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq 2018 yil 31 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida “Gazdan to‘g‘ri foydalanish – xavfsizlik kafolati” mavzusida an’anaviy Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarning asosiy tashkilotchisi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari, O‘zbekiston yong‘inga qarshi kurashish jamiyati hamda Guliston shahar hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu seminar har yilgidan ko‘ra farqliroq tartibda tashkil etilib, asosiy e’tiborni aholining uyushgan va uyushmagan qatlamlari bilan bevosita muloqot o‘rnatish, isitish mavsumida gaz ta’minoti tizimidagi yuzaga keladigan muammolarni xalq ishtirokida o‘rganib, bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirish, turmushda gazdan foydalanish qoidalarini kattayu-kichikka sodda va aniq tarzda yetkazishga qaratildi.

Ushbu savollarni batafsil yoritish va keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari vakillari, ya’ni jurnalistlarning tutgan muhim o‘rnini e’tirof etgan holda, mazkur tadbirga markaziy telekanallar va nashrlar vakillari ishtiroki tashkilotchi tomonidan ta’minlandi.

Seminarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati va Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ma’ruza, ko‘rgazmali namoyish va intervyulari bilan faol ishtirok etdilar.

Tadbirga jalb etilgan barcha xizmatlar va idoralar ishtirokchilari kirib kelgan isitish mavsumini xalqimiz uchun farovon va xavfsiz kechishini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi tadbirlarni kuchaytirish, ularni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar va ilg‘or chet el tajribasidan foydalanish zarurligini qayd etdilar.

 

FVV Matbuot xizmati  

 

O'xshash yangiliklar

Қудуқга тушиб қолган ит чиқариб олинди

Жорий йилнинг 20 август куни соат 13:35да Жиззах вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси навбатчилик қисмига, Жиззах шахар Кўтарма МФЙ Х.Дўстлиги кўчаси 2-уйда истиқоат қилувчи фуқаро Б.Ҳ. томонидан, …

Hashar elga yarashar

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo`lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini otkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalg…

Ўз вақтида ёрдам кўрсатилди

Жорий йилнинг 15 август куни Тошкент шаҳар Фавқулодда вазиятлар бошқармасининг навбатчилик қисмига соат 14:34да Миробод тумани Фарғона йўли кўчасида Дамас, Жигули ва Ласетти русумидаги автомобиллар иш…

Навоий вилоятида туман Фавқулодда вазиятлар бўлимларининг моддий-техник базаси мустаҳкамланмоқда

Бугунги кунда мамлакатимизда фавқулодда вазиятларни олдини олиш ва уларни бартараф этиш соҳасида кенг кўламли ислоҳотлар олиб борилмоқда. Дарҳақиқат, республикамизнинг олис ҳудудларида юзага келиши му…

Ангрен шаҳрида футбол мусобақаси ўтказилди

Ўзбекистон Республикаси Давлат Мустақиллигининг 28 йиллигини кенг нишонлаш, муносиб кутиб олиш мақсадида Жонажон Ўзбекистоним, мангу бўл омон! шиори остида, жорий йилнинг 12 август куни Ангрен шаҳрида…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech