FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Sirdaryo viloyatida ta'mirlash va tiklash ishlari izchil davom etmoqda

Guvohi bo‘layotganimizdek, Sirdaryo viloyatida suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari ayni avj pallasida. Ta'bir joiz bo‘lsa, ushbu hududlar yana qaytadan jonlanib, ko‘z o‘ngimizda yasharyapti go‘yo.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda Hukumat komissiyasi tomonidan olib borilayotgan tezkor choralar o‘z samarasini bermoqda. Shu o‘rinda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma'lumot berib o‘tsak.
Hozirga qadar suv bosgan 25 ta aholi punktidan 13 tasi suvdan tozalangan va 20 ta aholi punktidagi xonadondar va ularning hududlari chiqindilardan tozalangan.Tadbir boshidan 4 515 ta aholi xonadonlari va ko‘chmas mulk ob'ektlaridan jami 3 846,0 ming m.kub suv tortib chiqarildi.
E'tiborlisi, ushbu tadbirlarga Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining jami 16 704 nafar shaxsiy tarkibi va 3 233 ta texnikasi jalb etilgan. Mazkur ishlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.
Shu bilan birga, yetilgan ekish imkoniyati mavjud maydonlarga Surxondaryo viloyatidan olib kelingan 1 mln. dona sabzavot ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi. Hozirga qadar 96 gektar tomorqa maydonlariga ekin ekildi.
Bundan tashqari, aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda. Dastlabki manzilli ro‘yxat shakllantirilganda, qurilish ishlarida tajribasi bo‘lgan 1 408 nafar fuqaro aniqlandi. Ularning 552 nafari jamoatchilik asosida haq to‘lanadigan ishlarga jalb etildi, shundan 256 nafari obodonlashtirish, 176 nafari chiqindilarni saralash va 120 nafari qurilish ishlariga jalb etildi.
Hududlardagi elektr energiyasi ta'minoti ham qayta tiklanmoqda. Jumladan, 3 ta podstansiya, 97 ta transformator punkti va 302,5 km elektr uzatish tarmoqlarida, 5 500 ta elektr ustunlarini ta'mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi.
Natijada 7 987 ta elektr ta'minoti uzilgan aholi xonadonlarining barchasi to‘liq elektr manbai bilan ta'minlandi.
Tumanlardagi tabiiy gaz bilan ta'minlash ishlari davom etmoqda. Tadbir boshidan 2,28 km va 7 ta gaz taqsimlash qurilmalari demontaj qilindi.
Shuningdek, qo‘shimcha ravishda aholiga 1000 dona maishiy gaz ballonlar va 200 dona gazplitalar yetkazib berildi.
Hozirda bu kabi amaliy sa'y-harakatlar davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech