Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, isitish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Sirdaryo viloyatida joylashgan ijtimoiy soha va tunda insonlar qoladigan obyektlarda nazorat-profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida tungi vaqtda ob'ektlarning xavfsiz ishlashini nazorat qilish va mas'ullarning sergak faoliyat olib borishlarini o‘rganish tadbirlari amalga oshirilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Bu kabi tadbirlar o‘tkazlishidan maqsad yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni olini olishdan iborat.