Sirdaryo viloyati Xovos va Mirzaobod tumanlari Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan hududlarda joylashgan ijtimoiy va tunda insonlar qoladigan ob'ektlarda doimiy ravishda tungi tekshiruvlar olib borilmoqda.
O‘tkazilayotgan tungi tekshiruvlar davomida aniqlangan nosoz va qo‘lbola elektr isitish moslamalaridan foydalanish va ob'ektlarning isitish qozonxonalarini qarovsiz qoldirishi kabi salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan bir qatorda, mas'ul shaxslar bilan, e'tiborsizlik oqibatida turli ko‘ngilsiz holatlarning kelib chiqishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
#Xavfsiz_bayram