FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

Sog‘lom hayot uchun: joylarda sport musobaqalari davom etmoqda

Xabaringiz bor, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida respublika bo‘ylab “Sog‘lom hayot uchun!” shiori ostida qutqaruvchilarning oila a'zolari o‘rtasida sport musobaqalari davom etmoqda.

Bu safargi tadbir Buxoro viloyatida tashkil etildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Lukoyl O‘zbekistan opereyting kompani” MChJ Ob'ektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish Markazi qutqaruvchilari va ularning oila a'zolari ishtirokida sportning stol tennisi, tosh ko‘tarish, arqon tortish, armrestling, stridbol va 100 metrga yugurish turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. 

Tadbir yakunida musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech