Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, shaxsiy tarkib orasida sog‘lom muhitni qaror toptirish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida vazirlik shaxsiy tarkibi va ularning oila a'zolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot uchun!” shiori ostida sport tadbirlari e'lon qilingan edi.
Shu munosabat bilan, kuni kecha Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning joylardagi bo‘limlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida oilaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu oilaviy musobaqada 10 ta oila a'zolaridan iborat jamoalar “stol tennisi”, “arqon tortish”, “kim epchil va kim chaqqon”, “tosh ko‘tarish” va “ayollar qo‘l kurashi” bo‘yicha sport o‘yinlarida o‘zaro bellashishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra Rizaevlar oilasi 1 o‘rinni, Boboqulovlar oilasi 2 o‘rinni va To‘xtaevlar oilasi 3 o‘rinni egalladilar.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.