Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Sog‘lom hayot uchun!” shiori ostida sport haftaligi e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son Farmoniga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, shaxsiy tarkib orasida sog‘lom muhitni qaror toptirish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida 2021 yil 4 mart – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan vazirlik shaxsiy tarkibi va ularning oila a'zolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot uchun!” shiori ostida sport tadbirlari e'lon qilindi.


Mazkur sport tadbirlari joriy yilning 24 fevral kunidan 3 mart kuniga qadar sport tadbirlarini o‘tkazish jadvaliga asosan vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida o‘tkaziladi.


“Sog‘lom hayot uchun!” shiori ostida sport tadbirlari 5000 qadam masofaga yurishdan boshlanib, vazirlik shaxsiy tarkibi va ularning oila a'zolari ishtirokida stol tennisi, tosh ko‘tarish, arqon tortish, armrestling kabi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar bilan yakunlanadi.


Sport musobaqalari g‘oliblari 4 mart – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kunda barcha hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.


Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi barcha shaxsiy tarkib va ularning oila a'zolarini ushbu sport tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech